Attestatsiyadan o‘ta olmagan pedagoglar ishdan bo‘shatiladimi?

Olam

image

Ijtimoiy tarmoqlarda navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘ta olmagan o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatish haqida tarqalgan xabarlar asossiz. Bu haqda Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi  xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, maktab rahbariyati yoki boshqa mansabdor shaxslarning pedagoglarga bunday talab qo‘yishi amaldagi qonunchilikka zid hisoblanadi. Amaldagi tartibga ko‘ra, navbatdan tashqari attestatsiyada yetarli ball to‘play olmagan o‘qituvchilarning malaka toifasi saqlanib qoladi va ular o‘z toifasi bo‘yicha ish haqi olishda davom etadi.

Shuningdek, bunday holatda pedagog bilan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun huquqiy asos mavjud emas.

Faqat ayrim hollarda, ya’ni oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan va mutaxassis lavozimida ishlayotgan pedagoglar majburiy attestatsiyadan o‘ta olmagan taqdirda, ularning malakasi yetarli emasligi sababli mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin. Bunda ham xodimga qayta attestatsiyada ishtirok etish uchun imkoniyat beriladi.

“Boshqa barcha holatlarda attestatsiya natijalari sababli o‘qituvchini ishdan bo‘shatish qonunga xilof hisoblanadi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing