Atrofimdagi bir emas, o‘nlab odamlarda koronavirus aniqlandi – Putin Dushanbega bormagani haqida
Olam
−
16 Sentabr 2021
6328Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining Tojikistonda o‘tadigan sammitida ishtirok etmasligi, uning atrofidagi mulozimlarda koronavirus aniqlangani sababli, karantinda bo‘lishi haqida xabar bergan edik.
Bugun, 16 sentyabr kuni Vladimir Putin Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tayotgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining navbatdagi sammitida onlayn ishtirok etib, atrofidagi bir yoki ikki emas, balki o‘nlab mulozimlarining koronavirus bilan kasallanganini ma’lum qildi.
“Afsuski, men Dushanbega tashrifimni bekor qilishga majbur bo‘ldim. Bundan juda afsusdaman. Ayni vaqtda atrofimdagi bir emas, o‘nlab odamlar koronavirus bilan kasallangan. Shuning uchun biz bir necha kun davomida o‘zimizni izolyatsiya qilish rejimiga o‘tishimiz kerak”, deydi Putin.
Xabaringiz bor, Rossiya Prezidenti ma’lum vaqt karantinga chiqqanligi uchun KXSHTning navbatdagi sammitida onlayin ishtirok etmoqda.
“Afsuski, men har biringiz bilan qo‘l berib ko‘risha olmayman, quchoqlay olmayman. Ammo, biz tashkilotimiz oldida turgan asosiy vazifalarni muhokama qilishda uzoqdan turib bo‘lsa ham qatnashishdan manfaatdormiz”, deya ta’kidladi Vladimir Putin.
Ma’lumot o‘rnida, Rossiya Prezidenti Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitlarida ham onlayn ishtirok etadi.
LiveBarchasi