Atomchilar shaharchasini qurish direksiyasiga rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
16:24 1915 1 daqiqa
Siroj Bekchanov “O‘zatom” agentligi huzuridagi Atomchilar shaharchasini qurish direksiyasi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi xabar berdi.
Tayinlovga qadar u Xorazm viloyati hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, Siroj Bekchanov Urganch davlat universitetini tamomlagan. U ko‘p yillar davomida Xorazm viloyatida elektr tarmoqlari, qurilish, infratuzilma, kommunal xo‘jalik, ekologiya va hududlarni rivojlantirish sohalarida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Atomchilar shaharchasini qurish direksiyasi Jizzax viloyatining Forish tumanida barpo etiladigan integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi qurilishi munosabati bilan mutaxassislar va ularning oila a’zolari uchun zamonaviy turar joylar, ijtimoiy ob’ektlar hamda infratuzilma inshootlarini qurish bilan shug‘ullanadi.
Mazkur loyiha mamlakat energetika xavfsizligini mustahkamlash, atom energetikasi sohasi mutaxassislari uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish hamda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashishga qaratilgan.
Live
Barchasi