Atoqli tarixchi Rahmon Farmonov vafot etdi
Jamiyat
−
06 iyul 9310 2 daqiqa
Atoqli tarixchi olim, professor, tarix fanlari doktori Rahmon Farmonovich Farmonov olamdan o‘tdi. Bu haqda u faoliyat yuritgan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ma’lum qildi.
Rahmon Farmonov 1967 yil Tojikiston Davlat universiteti tarix fakultetini tamomlab, tarixchi va jamiyatshunos mutaxassisligini olgan. 1970 yil noyabridan to 1973 yil dekabrigacha Lomonosov nomidagi MDU aspiranturasida o‘qigan yosh tarixchi 1974 yil fevralida Fransiya yangi tarixi bo‘yicha: “Bonapart davlat to‘ntarailishi (2 dekabr 1851 yil)ning fransuz zamonaviy publitsistikasidagi o‘rni” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.
Farmonov 1980 yil Toshkent Oliy partiya maktabiga dotsent sifatida o‘tgan, 1990-1992 yillarda esa Moskvadagi Rossiya boshqaruv Akademiyasida doktoranturada bo‘lgan.
U Toshkent davlat universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetlarida kafedra mudiri, professor lavozimlarida ishlagan.
Uning rahbarligida 3 ta doktorlik himoyasi, 12 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoyasi o‘tkazilgan. 40 dan ziyod o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar, 7 ta monografiya, 5 ta she’riy to‘plamlar muallifi bo‘lgan. O‘z o‘rnida ta’kidlab o‘tish kerakki, Turkiya davlatining professori Ataman Kamil Yavuz bilan hamkorlikda Rahmon Farmonovning “Amir Temur Ko‘ragon va imperator Napoleon” kitobi turk tiliga tarjima qilinib, Turkiya davlatida nashr qilingan.
Joriy yil yanvar oyida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Rahmon Farmonov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazilgandi. Mart oyida esa QALAMPIR.UZ professordan Fransiya-O‘zbekiston munosabatlari va “Faxriy legion” ordeni haqida intervyu olgan edi. Quyidagi havola orqali intervyuni tomosha qilishiningiz mumkin.
Live
Barchasi