“Atletiko” o‘z maydonida “iblislar”ni mag‘lub etdi

Sport

−

image

Kecha, 13 oktyabr kuni Ispaniyaning “Atletiko Madrid” klubi Chempionlar ligasi asosiy bosqichi doirasida o‘z maydonida Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv Madrid shahrida bo‘lib o‘tdi.

Mezbonlar safida Pablo Barrios birinchi daqiqadayoq hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 79-daqiqasida esa Ademola Lukman “Atletiko”ning ikkinchi golini kiritdi.

74-daqiqada “Manchester Yunayted” himoyachisi Lenni Yoro qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Shundan so‘ng, manchesterliklar uchrashuvni bir kishi kam bo‘lib davom ettirdi.

Uchrashuv kecha, 13 oktyabr kuni vafot etgan “Atletiko” sardori Kokening onasi xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlandi. Shu sababli ispaniyalik yarim himoyachi mazkur bahsda ishtirok etmadi.

Kunning boshqa uchrashuvlarida Portugaliyaning “Sporting” klubi safarda “Lans”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Angliyaning “Arsenal” jamoasi o‘z maydonida Fransiyaning “Lill” klubidan 3:0 hisobida ustun keldi. Germaniyaning “Leypsig” jamoasi Niderlandiyaning PSV klubini 1:0 hisobida yengdi.

Italiyaning “Napoli” klubi esa safarda Ispaniyaning “Vilyarreal” jamoasiga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Belgiyaning “Bryugge” klubi o‘z maydonida Italiyaning “Inter” jamoasini 4:3 hisobida yengdi. Ozarbayjonning “Sabah” jamoasi o‘z maydonida “Slaviya Praga”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bu Umarali Rahmonaliyev jamoasining musobaqadagi ilk g‘alabasi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasining asosiy bosqichida 36 ta klub ishtirok etadi. Har bir jamoa sakkizta uchrashuv o‘tkazadi: to‘rttasi o‘z maydonida, to‘rttasi safarda. Umumiy jadvalda birinchi sakkizta o‘rinni egallagan klublar to‘g‘ridan to‘g‘ri 1/8 finalga yo‘l oladi. 9-24-o‘rinlardagi jamoalar esa pley-off bosqichida keyingi bosqich ishtirokchilarini aniqlaydi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing