Atamboyevga jiddiy ayblovlar, to‘xtamayotgan dollar kursi, O‘zbekistonga yuklangan kompensatsiya va boshqa xabarlar

Jamiyat

image

Yakuniga yetayotgan 13 avgust kunining eng muhim voyeqalari bilan quyida tanishing.

O‘zbekistonda 2 kun umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Joriy yilning 17-18 avgust kunlari O‘zbekistonda umuxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga asosan 2019 yilning 15-30 avgust kunlari mamlakatning barcha hududlarida obodonlashtirish va tozalik oyligi deb e’lon qilindi.

“Lukoyl” O‘zbekiston hisobiga rivojlanyapti

“Lukoyl” O‘zbekistonda gaz qazib olish hisobiga uglevodorod ishlab chiqarishni ko‘paytirib boryapti. Joriy yilning birinchi yarim yilligida gaz qazib chiqarish 8 foizga ko‘paydi. Neft qazib olish esa deyarli 1,3 foizga ortdi.

Shomurodov to‘purarlar poygasida birinchilikka chiqib oldi

“Rostov” klubining o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov Rossiya premer ligasining 5-turida “Krыlya Sovetov”ga qarshi o‘yindagi yagona golning muallifi bo‘ldi.

24 yoshli futbolchi RPL doirasidagi 3-o‘yinida ketma-ket gol uryapti. Shomurodov 5 o‘yinda 4 ta gol urib, to‘purarlar ro‘xytida Artyom Dzyuba (Zenit) va Aleksandr Sobolyov (Krыlya Sovetov) bilan birgalikda birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.

UFC jangchisi Mahmud Murodovni jangga chorladi, Murodov unga javob qaytardi

Bokschi Floyd Meyvezer o‘zbekistonlik Mahmud Murodovni "jahonning eng yaxshi MMA jangchisi" deb atagandi. Instagram`da qoldirilgan postga UFC jangchisi Genri Sexudo javob qaytardi.

Hindistonda o‘zbekistonlik ayol kaltaklanib, zo‘rlandi

Hindistonning Dehli shahrida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayol uch erkak tomonidan kaltaklanib, zo‘rlandi. Voqea joriy yilning 10 avgust kuni Dehlining janubi-g‘arbidagi Vasant Kunj tumanida yuz bergan.

Hindistonga ikki oy avval kelgan va do‘stlari bilan Madagirida yashagan ayol o‘z shikoyatida ayblanuvchilardan biri uning tanishi ekani, ular yetti oy avval tanishgani va u Gurgaonda yashashini aytgan.

O‘zbekistonda dollar narxi 9 000 so‘mga yetdi

Poytaxt Toshkent shahrida arzonginaga 65 700 dollar sotib olmoqchi bo‘lgan fuqaro aldanib qoldi. 41 yoshli Abdulla U. IIBga murojaat qilib, arizasida 34 yoshli Istora N.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Istora Abdullaga 460 000 000 so‘mga bankdan “arzon” narxda – 7 000 so‘mdan hisoblab, 65 700 AQSH dollarini olib berishini va’da qilgan. Erkak ayolga ishonib, joriy yilning yanvar-mart oylarida umumiy hisobda 460 000 000 so‘m pulni berib yuborgan.

Avstraliyada 35 yilda ilk bor qor yog‘di

Avstraliya janubi-sharqida 35 yilda ilk marta qor yog‘di. Odamlar qorda o‘ynayotgan kengurularni videoga oldi. Sinoptiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, Antarktika muz fronti sababli Viktoriya va Yangi Janubiy Uels shtatlarida qor yog‘gan. Janubiy qutbdan kelgan siklon Avstraliya sohillariga sovuq, kuchli o‘zgaruvchan shamol, qor va izg‘irin olib kelgan.

Aktrisa qarzi tufayli chet elga chiqolmasligi mumkin

Sud ijrochilari aktrisa Anastasiya Zavorotnyukning chet elga chiqishini taqiqlashni talab qildi. Moskvadagi Nikulin sudi Sud sud ijrochilarining bayonotini 2 sentyabrda ko‘rib chiqadi. Zavorotnyuk ijro to‘lovi uchun 1,6 million rubl miqdorida qarzni to‘lashga majburdir.

Atamboyevga yangi ayblovlar qo‘yildi

Qirg‘iziston Bosh prokuratuarsi sobiq Prezident Almazbek Atamboyevga nisbatan qotillik va boshqa og‘ir jinoyatlarda ayblov e’lon qildi. Bu haqda Bosh prokuratura vakili Zamir Beyshekeyev ma’lum qildi.

Almazbek Atamboyev bundan taqshari, davlat to‘ntarishini tashkillashtirishda ham ayblandi.

PSJ do‘koni Neymarning liboslarini yig‘ishtirib oldi

Braziliyalik futbolchi Neymar PSJdan ketishga juda ham yaqin turibdi. Klub do‘koni Neymarning barcha liboslari va ekipirovkalarini olib tashladi. 

PSJ rahbariyati bu borada hech qanday rasmiy bayonot bermadi, ammo 27 yoshli Neymarning poytaxt klubidan ketishi deyarli aniq bo‘lib ulgurmoqda.

Ukraina Prezidenti ruslarga yaxshilik qilmoqchi

1

Vladimir Zelenskiy hukumatga ruslarga Ukraina fuqaroligini berishning soddalashtirilgan tartibi to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorlashni buyurdi. Hujjatda "siyosiy e’tiqodi uchun ta’qib qilinganlar" haqida gap boradi. Farmonga ko‘ra, soddalashtirilgan tartib "Ukrainaning milliy xavfsizligi va mudofaasini ta’minlashda" qatnashgan chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ham qo‘llaniladi. 

O‘zbekiston 13 mln dollarlik kompensatsiya masalasida AQSHga yuzlandi

AQSHning Kolumbiya okrugi federal sudi O‘zbekiston Hukumatining investitsiyaviy nizo bo‘yicha arbitraj sudining Oxus Gold PLC kompaniyasi foydasiga chiqarilgan qarori ijrosini bekor qilish yuzasidan rasmiy murojaatini qisman qanoatlantirdi. Sud materiallariga ko‘ra, amerika sudining kompetentligi masalasi alohida eshituvda ko‘rib chiqiladi.

Murod Xonto‘rayevni pichoqlaganlarga hukm o‘qildi

Toshkentda yakkakurash sport turining aralash turi bo‘yicha jahon chempioni Murod Xonto‘rayevni pichoqlab ketganlarga sud hukmi o‘qildi. Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi sudyasi Akmal Ergashev raisligida hamda xalq maslahatchilari B. Muslimov va M. Mirhamidovdan iborat sud tarkibida ko‘rib chiqildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

26

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing