Atamboyev ishi: QSDPdan hujjatlar tortib olindi
Olam
−
12 Sentabr 2019 8372 1 daqiqa
Kecha, 11 sentyabr kuni Qirg‘iziston Harbiy prokuraturasi tergovchilari Qirg‘iziston sotsial demokratik partiyasi idorasiga kelib, partiya hujjatlarini tortib oldi, deya yozmoqda 24.kg nashri siyosiy tashkilot raisining o‘rinbosari Kunduz Joldubayevga tayanib.
Joldubayevaning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston Oliy sudi vakillari hech qanday order taqdim etmagan. "Ular hozirgina keldi, eshiklardan muhrni yechishdi va qog‘ozli papkalarni chiqara boshladi. Bu qoidalarni qo‘pol ravishda buzishdir”, dedi Kunduz Joldubayeva.
Sotsial-demokratlar partiyasi Qirg‘iziston Respublikasi Harbiy prokuraturasi binosi oldida miting o‘tkazgan va prokuraturadan partiya idorasiga, o‘z ish joylarga kirishga ruxsat berishni talab qilgan. Biroq tergovchining buyrug‘i bilan partiya xodimlariga binoga kirishga ruxsat berilmagan.
Kunduz Joldubayeva yana Harbiy prokuraturaga borib, miting o‘tkazmoqchi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025