Atakama cho‘li o‘zining noyob qorong‘iligini yo‘qotmoqda

Olam

image

Chilining Atakama cho‘li dunyodagi eng qorong‘i hududlardan biri hisoblanadi. Shu sababli bu yer astronomlar uchun juda muhim joyga aylangan. Aynan shu hududda joylashgan Paranal observatoriyasi orqali olimlar koinot bo‘yicha muhim kashfiyotlarni amalga oshirib kelmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.

Biroq so‘nggi yillarda cho‘l atrofida shaharlar, konlar va sanoat ob’ektlari ko‘payishi ortidan sun’iy yorug‘lik ham kuchaygan. Mutaxassislar bu holat osmonning tabiiy qorong‘iligini buzib, yulduzlarni kuzatishni qiyinlashtirayotganini aytmoqda.

Astronomlarning ta’kidlashicha, hatto kichik yorug‘lik manbalari ham kuchli teleskoplar ishiga salbiy ta’sir qiladi. Chunki Atakamaning asosiy qiymati — uning deyarli mutlaq qorong‘iligida.

Olimlar bu muammo nafaqat ilm-fan, balki tabiat uchun ham xavfli ekanini aytmoqda. Yorug‘lik ifloslanishi hayvonlar va o‘simliklarning tabiiy hayot tartibini buzishi, inson salomatligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

“Haqiqiy qorong‘ulikni topish tobora qiyinlashib bormoqda. Bu – tanqislik muammosi. 50 yil avval dunyoda qorong‘i osmonlar juda ko‘p edi, biroq bugun ular keskin kamayib, yo‘qolib borayotgan muhitga aylangan. Agar biz ularni himoya qilmasak, ularni butunlay yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin va bu kurashda yutqazsak, uning o‘rnini bosadigan hech narsa bo‘lmaydi”, dedi Chilidagi Antofagasta universiteti astronomi Eduardo Unda-Sanzana.

Mutaxassislar fikricha, agar qat’iy choralar ko‘rilmasa, insoniyat koinotni kuzatish uchun eng muhim hududlardan birini yo‘qotishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Atakama cho'li sun'iy yorug'lik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar