Asrning eng yaxshi shaxmatchisi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
21 sentabr 2024 29226 1 daqiqa
Norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen asrning eng yaxshi shaxmatchisi deb topildi. Bu haqda Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) o‘z sahifasida e’lon qildi.
Hozirda 33 yoshni qarshilagan Karlsen Xalqaro shaxmat federatsiyasi reyting jadvalida 1-o‘rinda bormoqda. U 2013 yilda klassik shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi va bu unvonni to‘rt marta himoya qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Hozirda Karlsen va u boshchiligidagi Norvegiya jamoasi Vengriyaning Budapesht shahrida o‘tkazilayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida ishtirok etmoqda. 9 ta turdan keyin Norvegiya jamoasi 12 ochko jamg‘arib, 23-o‘rinda bormoqda. 9-turda Karlsen 1-taxtada Sloveniya vakili Vladimir Fedoseevga imkoniyatni boy berdi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28