“Asr tovlamachisi” qamoqxonada vafot etdi 

Olam

image

O‘n milliard dollarlik firibgarlikda ayblanib, 150 yilga ozodlikdan mahrum qilingan amerikalik firibgar Bernard Medoff qamoqxonada vafot etdi. Bu haqda "Associated Press" xabar bergan.  

Manbaga ko‘ra, 82 yoshli mahbus AQSHning Shimoliy Karolina shtati Batner shahrida tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan. 

"Asr tovlamachisi" Bernard Medoff 2009 yil iyun oyida investorlarni aldagani uchun 150 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi. 

U AQSH tarixidagi eng yirik moliyaviy piramidaning tashkilotchisi hisoblanadi. Firibgarlikning qurbonlari — nafaqat oddiy fuqarolar, balki ko‘plab taniqli amerikaliklar — musiqachilar va kino yulduzlari, shuningdek, dunyodagi eng yirik banklardir. 

U sudda 20 yil davomida AQSHning nazorat organlari va investorlarini aldab kelganini tan olgan. 

Sud qaroriga binoan, u jabrlanganlarga deyarli 171 milliard dollarni qaytarib berishga majbur bo‘lgan. Ammo federal hukumat to‘rt milliarddan sal ko‘proq mablag‘ni topishga muvaffaq bo‘lgan. Firibgarlikdan ko‘rilgan umumiy zarar qariyb 65 milliard dollarga baholangan.


Maqola muallifi

Teglar

Bernard Medoff

Baholaganlar

630

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar