Pompeo: Mirziyoyevning ulkan islohotlar dasturi salmoqli yutuqlarga erishmoqda

Jamiyat

image

Avvalroq, AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo Toshkentga kelgani haqida xabar bergan edik. U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida mamlakatga tashrifdan maqsadi haqida yozib qoldirdi.

“Bugun O‘zbekistonga tashrif. Mamlakat Prezidenti Mirziyoyevning ulkan islohotlar dasturi salmoqli yutuqlarga erishmoqda, men hamkorligimiz orqali tinchlik, farovonlik va xavfsizlikni yanada kuchaytirishni davom ettirish yo‘llarini muhokama qilishni sabrsizlik bilan kutmoqdaman”, deya yozgan u Twitter`da.

Davlat kotibi shuningdek, Toshkent shahri bosh imom xatibi Nuriddin Xoliqnazarov bilan uchrashuv o‘tkazgan.

“O‘zbekiston diniy yetakchilari bilan islohotlar va huquqiy o‘zgarishlar diniy erkinlikka qanday hissa qo‘sha olishi mavzusida uchrashdik. Hukumatning bu sohadagi o‘sishi ta’sirli (e’tiborga sazovor) va men bundan keyin ham O‘zbekiston shu kabi muvaffaqiyatlarga erishishidan umid qilyapman”, degan Pompeo.

Изображение

Ma’lumot uchun, bugun AQSH Davlat departamenti delegatsiyasi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

Изображение

Shuningdek, AQSH Davlat kotibi Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “Markaziy Osiyo–AQSH” (C5+1) shaklidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-AQSh Maykl Pompeo Nuriddin Xoliqnazarov

Baholaganlar

52

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing