Asqar Mamin Qozog‘iston Bosh vaziri etib tasdiqlandi
Olam
−
15 yanvar 2021
3726Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev o‘z farmoni bilan Asqar Maminni Respublikaning Bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Bu haqda bugun, 15 yanvar kuni Qozog‘iston Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.
“Asqar Uzakpayevich Mamin Qozog‘iston Respublikasining Bosh vaziri etib tayinlansin”, deyiladi farmon matnida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti, hukmron “Nur Otan” (“Vatan nuri”) partiyasining raisi Nursulton Nazarboyev parlamentning yangi chaqirig‘idagi fraksiyasiga (quyi palata) amaldagi Bosh vazir Asqar Maminni kelajakdagi Hukumat rahbari sifatida ham qo‘llab-quvvatlashni taklif qilgandi.
LiveBarchasi