Asqar Akayev Qirg‘izistonni tark etdi 

Olam

image

Bugun, 8 avgust kuni Qirg‘izistonning birinchi Prezidenti Asqar Akayev mamlakatni tark etdi. Bu haqda 24.kg axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 16:35 da sobiq davlat rahbari Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasining Bishkek-Moskva yo‘nalishidagi reysida uchib ketgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, u bilan birga o‘g‘li Ilim ham bo‘lgan.

Avvalroq, Asqar Akayev “Qumtor” koni bo‘yicha shartnoma tuzishda yo‘l qo‘ygan xatolarini tan olib, Qirg‘iziston xalqidan kechirim so‘ragan edi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 avgust kuni 16 yil mobaynida Rossiyada yashab kelgan Akayev vatani — Qirg‘izistonga qaytarildi. Dastlab, sobiq Prezidenti “Qumtor” oltin koni bo‘yicha Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tomonidan so‘roq qilindi. So‘ngra, u davlat rahbari Sadir Japarov bilan uchrashdi. Uchrashuvdan so‘ng, Asqar Akayev matbuot anjumanida Qirg‘iziston Prezidentiga “hamma narsani aytib berish” imkoniyati uchun minnatdorlik bildirgan.   

Ma’lumot o‘rnida, Asqar Akayev Qirg‘izistonni 1991 yildan 2005 yilgacha boshqargan, u davlat to‘ntarishi natijasida lavozimidan chetlatilgan. U 2005 yildan beri Rossiyada bo‘lib, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullangan. 2021 yilning iyul oyida Akayev xalqaro qidiruvga berilgan. Qirg‘izistonning sobiq Bosh vaziri Feliks Kulovning aytishicha, sobiq prezidentning o‘zi ixtiyoriy ravishda Bishkekka kelib, “Qumtor”ga qarshi jinoiy ish doirasida guvohlik bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

676

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing