Misrda uch kunlik motam e’lon qilindi
Olam
−
25 fevral 2020
5972Misr rasmiylari mamlakatning sobiq prezidenti Husni Muborakning vafoti munosabati bilan uch kunlik motam e’lon qildi. Bu haqda bugun, 25 fevral kuni Prezident Abdul Fattoh as-Sisi ma’muriyati ma’lum qildi.
Muborakning dafn marosimi bugun, 25 fevral kuni tushdan keyin o‘qiladi. Sobiq Prezident harbiy sharaf bilan dafn etilishi kutilmoqda.
Avvalroq, Husni Muborakning o‘g‘li otasi vafot etganini tasdiqlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi oxirida Husni Mubarak oshqozonidagi o‘simtani olib tashlash uchun operatsiya qilingan edi.
Muborak Misrda 30 yil - 1981 yildan 2011 yilgacha hokimiyatda bo‘lgan. 2011 yil fevral oyida, ommaviy norozilik namoyishi natijasida hokimiyatdan ketgan edi. Buning ortidan Misrning sobiq rahbari korrupsiya va namoyishchilarning o‘limida ayblanib hibsga olingan. Muborak olti yil qamoqda o‘tirdi. 2017 yilda u ozodlikka chiqdi. So‘nggi bir necha yil davomida Misrning sobiq rahbari o‘z oilasi bilan Geliopolisdagi villasida yashadi.
Nurulloh Sharipov
LiveBarchasi