Ashraf G‘ani, Marshal Do‘stum va Muhammad Nur O‘zbekistonda emasligi aytildi
Jamiyat
−
17 avgust 2021
11888So‘nggi paytlarda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘onistonning ayrim arboblari va etnik guruhlari rahbarlari O‘zbekiston hududida bo‘lib turgani to‘g‘risidagi xabarlar tarqatilmoqda.
Xususan, ularda Ashraf G‘ani, Abdul Rashid Do‘stum, Ota Muhammad Nur va boshqalarning nomlari tilga olinmoqda.
“Dunyo” agentligining ma’lum qilishicha, bunday xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Marshal Abdul Rashid Do‘stum Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahri toliblar qo‘liga o‘tgach, O‘zbekistonga o‘tgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Shuningdek, Qobul shahri “Tolibon” nazoratiga o‘tgach, Prezident Ashraf G‘ani iste’foga chiqib, mamlakatni tark etgandi. Hozircha u qayerdaligi noma’lum. Biroq, OAVda G‘ani bir Tojikistonda, bir O‘zbekistonda, bir Omon sultonligida ekani haqida xabarlar tarqaldi.
LiveBarchasi