Ashraf G‘ani Kobulda AQSH Mudofaa vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
Olam
−
21 Mart 2021 4668 1 daqiqa
Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani bugun, 21 mart kuni Kobulga kutilmagan tashrif bilan kelgan AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Afg‘onistonning “Ariana News” telekanali xabar berdi.
Afg‘oniston davlat rahbarining devoni uchrashuv haqida batafsil ma’lumot bermagan.
Xabarga ko‘ra, Ostinning Kobulga tashrifi Vashington va Tolibon vakillari o‘rtasida Dohada imzolangan bitimning bajarilishi bo‘yicha kelishmovchiliklar fonida bo‘lib o‘tmoqda, ularning asosiy bandlaridan biri Amerika qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqib ketishidir.
O‘tgan kuni Pentagon rahbari Nyu-Dehlida AQSH Prezidenti Jo Bayden Amerika qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish muddati to‘g‘risida hali yakuniy qaror qabul qilmaganligini aytgandi. Ostinning ta’kidlashicha, ma’muriyat ushbu masala bo‘yicha puxta jarayonni boshdan kechirmoqda va Prezident haqiqatan ham bu qarorni qabul qilish uchun harakat qilmoqda.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr