Ashraf G‘ani Qobulni vertolyot va mashinalar to‘la pul bilan tark etgani aytilmoqda
Olam
−
16 avgust 2021
26092Afg‘oniston poytaxti Qobuldagi Rossiya elchixonasining ma’lum qilishicha, Afg‘onistonning sobiq Prezidenti Ashraf G‘ani mamlakatdan vertolyot to‘la pul bilan qochib ketgan. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, mamlakatda boshqaruv rejimini qulashi G‘anining Afg‘onistondan qochib ketishi bilan bog‘liq. Aytilishicha, Ashraf G‘ani to‘rtta avtomobilni pul bilan to‘ldirgan va pullarning qolgan qismini esa vertolyotga joylashga harakat qilgan. Biroq, pullarning barchasi sig‘magani sababli aerodromda ham qolib ketgan.
Qayd etish kerakki, Afg‘oniston Islom Respublikasi endi yo‘q. Joriy yilning 15 avgust kuni hokimiyat “Tolibon” harakati nazoratiga o‘tdi. Ular esa bir vaqtlar mavjud bo‘lgan Afg‘oniston Islom Amirligini qayta tuzmoqchi. Prezident Ashraf G‘ani iste’fo berganini hamda mamlakatni tark etganini ma’lum qildi.
Uning hozir qayerda ekani ma’lum emas. Bu borada turli tomondan har xil xabarlar kelmoqda. Shu vaqtga qadar sobiq Prezident G‘anining Tojikiston, Omon va O‘zbekistonda bo‘lib turgani haqida axborot paydo bo‘ldi. Biroq, yakunda ularning hech biri o‘z tasdig‘ini topmadi. Katta ehtimol bilan u AQSHdan boshpana olmoqchi.
LiveBarchasi