AQSHning davlat qarzi tarixiy rekord o‘rnatdi

Olam

image

AQSHning davlat qarzi tarixda ilk bor 22 trillionlik “dovon”dan o‘tdi. Bu haqda mamlakat Moliya vazirligi xabar berdi.

Aniq raqam – 22,012 trln dollar. Vazirlikning qayd etishicha, 2019 yil fevral oyi boshidan beri davlat qarzi 90 mlrd dollarga ko‘paygan. Oxirgi 11 oyda davlat qarzi trillion dollarga ko‘paygan.

“Usa Today”ning yozishicha, Donald Tramp davrida qarz ko‘rsatkichi eng katta temp bilan o‘sib boryapti. Qarzning o‘sishiga o‘tgan yildagi soliq ilohoti va mudofaa harajatlarining ortib borishi sabab bo‘lyapti.

2018 yilda AQSH byudjetida defitsit 17 foizga yetib, 779 mlrd dollarni tashkil qilgan. Taxminlarga ko‘ra, 2020 yilda byudjetdagi defitsit 1 trln.ga yetadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh davlat qarzi

Baholaganlar

443

Reyting

2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing