Ashxobodda “Toshkent” bog‘i ochildi (fotoreportaj)

Olam

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov hamrohligida Ashxobodda “Toshkent” bog‘ining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

Bog‘ Turkmaniston poytaxtining Maxtumquli shohko‘chasida, gavjum maskanda joylashgan. Uch gektar maydonda landshaftli gulzorlar tashkil etilgan, Toshkentning diqqatga sazovor joylari nusxalari barpo etilgan.

Davlat rahbarlari bu yerda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Ezgu niyatlar ifodasi sifatida boqqa daraxtlar ekdi.

O‘zbek va turkman milliy kuy-qo‘shiqlari ijro etildi. Prezidentlar shu yerda to‘yini nishonlayotgan yosh oilaga baxt-saodat tiladi.

Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari, Ashxobod jamoatchiligi vakillari, yoshlar qatnashdi.

Ma’lumki, Turkmaniston Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Toshkentda “Ashxobod” bog‘i ochilgan edi. Bu ikki bog‘ O‘zbekiston va Turkmaniston xalqlari o‘rtasidagi uzviy rishtalarning ifodasi bo‘ldi.

Shu yerda “Xorazm – Toshovuz” chegaraoldi savdo zonasining qurilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘ldi.

Chegaraoldi savdo zonasi ikki mamlakatning chegaradosh hududida, “Shovot - Toshovuz” o‘tkazish punkti yonida qurilmoqda. Uning umumiy maydoni 20 gektarni tashkil etadi.

Bugun ushbu maskanni barpo etishni ishlarini davom ettirish va uning faoliyatini tartibga solish bo‘yicha bayonnoma ham imzolandi. Hududda savdo rastalari, omborxonalar, konteynerlar uchun maydonchalar va tadbirkorlar uchun ish joylaridan iborat zamonaviy infratuzilma yaratish rejalashtirilgan. Ushbu savdo hududi o‘zaro savdoning oshishiga, biznes aloqalarning faollashishiga xizmat qiladi.

Xorazm va Toshovuz viloyati oqsoqollari, mutasaddilar videoaloqa orqali barchani ushbu voqea bilan tabriklab, qurilishni boshlashga ruxsat so‘radi.

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari bu xayrli ishga oq fotiha berdi.

Ikki xalq do‘stligi va farovonligiga xizmat qiladigan yana ko‘plab qo‘shma loyihalar amalga oshirilishiga ishonch bildirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

405

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing