Ashyoviy dalillarni rasmiylashtirish tartibi o‘zgardi

Jamiyat

image
Obodonlashtirish xodimlariga ustama to‘lanadi north_east

Obodonlashtirish xodimlariga ustama to‘lanadi

Bosh prokuratura, Oliy sud, DXX, IIV, Mudofaa vazirligi, DBQ, DSQning qarori bilan surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qo‘yish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Radioaktiv materiallar, shuningdek qurol-yarog‘larga taalluqli quyidagi qo‘shimchalar kiritildi:

•    radioaktiv materiallarni olib qo‘yish mutaxassis ishtirokida amalga oshiriladi;
•    radioaktiv materiallar ekspertizadan o‘tkaziladi va saqlash uchun FAning Yadro fizikasi institutiga yoki belgilangan litsenziyaga ega bo‘lgan boshqa tashkilotga topshiriladi;
•    radioaktiv materiallar FAning Yadro fizikasi instituti yoki litsenziyaga ega bo‘lgan boshqa tashkilot tomonidan yo‘q qilinadi;
•    tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi davomida olib qo‘yilgan yoxud taqdim qilingan o‘q otar qurollar, o‘q-dorilar, giyohvandlik vositalari sud-tibbiy bo‘linmalarida tekshiruvdan o‘tkazilganidan keyin faqat IIV, DXX organlarida yoki Mudofaa vazirligining harbiy muassasalarida saqlanadi.

Shuningdek, zarur hollarda narsalarni olib qo‘yish, taqdim qilish chog‘ida fotosuratga yoki videoyozuvga tushirish belgilandi. JPKning 91-moddasi to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan protsessual harakatlar majburiy tarzda videoyozuv orqali qayd etiladi. Bunda, fotosuratlar, videoyozuv bayonnomaga ilova qilinadi va protsessual harakatning nomlanishi, sanasi, joyini izohlovchi yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi.

Bundan tashqari, olib qo‘yilayotgan yoki taqdim qilinayotgan narsalar ro‘yxatini, ularning miqdori ko‘pligi sababli tuzish imkoniyati bo‘lmasa, ular o‘ramga solinib muhrlanadi. Bunda narsalari olib qo‘yilgan yoki qabul qilingan shaxs, xolislar, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, sudya tomonidan yozuvlar va imzolar bilan tasdiqlangan yorliqlar bilan ta’minlanadi. Bunday holatlarda, olib qo‘yilayotgan, taqdim etilayotgan narsalarning ro‘yxati tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov yoki sud muhokamasi o‘tkazilayotgan joyda xolislar ishtirokida tuziladi va bu haqda bayonnomada narsalar solingan o‘ramdagi muhrlar va imzolar butunligi ko‘rsatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

100

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing