Obodonlashtirish xodimlariga ustama to‘lanadi
Jamiyat
−
29 Oktabr 2021
7989Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 27 oktyabridagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga obodonlashtirish sohasidagi xodimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda yangi tashkil etilgan tuman va shaharlarda obodonlashtirish xizmati qamrovini kengaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Quyidagilarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
• Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizom;
• Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limlari tashkil etiladigan shahar va tumanlar ro‘yxati.
O‘zgartirishga muvofiq maxsus ekspluatatsiya-montaj bo‘limlari (bo‘linmalari) xodimlariga:
• oylik tarif stavkasi (lavozim maoshi)ning 15 foizi miqdorida ish haqiga tenglashtirilgan ustama o‘rnatiladi;
• ovqatlanish uchun BHMning bir baravari miqdorida kompensatsiya va obodonlashtirish sohasidagi uzluksiz umumiy ish staji (uzoq muddatli xizmati) uchun quyidagi miqdorda har choraklik mukofot to‘lanadi:
Shuningdek, Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limlari tashkil etiladigan shahar va tumanlar ro‘yxatining yangi tahriri qabul qilindi. Xususan, to‘ldirilishicha, shuningdek bunday bo‘limlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov tumani, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov, Yangiobod tumanlari va h.k.da tashkil etiladi.
Boshqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham kiritildi.
LiveBarchasi