“Asalhoney” IIBBga chaqirtirildi. U to‘g‘ri yo‘lga qaytganiga ishontirmoqda (video)

3-sahifa

Ijtimoiy tarmoqlarda “Asalhoney” taxallusi bilan tanilgan Asal Xo‘jayeva Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Xotin-qizlar bo‘limiga chaqirtirildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda. 

Joriy yilning 2 noyabr kuni Toshkent  shahar Mirzo Ulug‘bek tumani ma’muriy sudida “Asalhoney” – Asal Xo‘jayeva ustidan shikoyat arziasi bo‘yicha sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Xo‘jayeva Asal Matyoqubovna O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi (haqorat qilish) hamda 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan aybdor deb topildi. Asal Xo‘jayevaga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari miqdorida, ya’ni 4.460 ming so‘m jarima jazosi, shuningdek, 183-moddaga asosan uzil-kesil 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Biroq uning voyaga yetmagan farzandi borligi sabab, iltimosiga binoan 5 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi jarima jazosiga almashtirilgan edi

Shunday keyin ham xulosa chiqarishga ulgurmagan “Asalhoney” internetdagi “faoliyatini” to‘xtatmadi. Bu esa ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Qolaversa, huquq-tartibot idoralariga nisbatan ishonchsizlikni orttirdi. 

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida bo‘lib o‘tgan suhbatda undan suddan keyin tarqatgan videolari bo‘yicha izoh so‘raldi. 

“Noyabr oyida Ma’muriy sud tomonidan jazo tayinlandi. Unda qamoq jazosi jarimaga o‘zgartirilib, muddatidan avval ozodlikka chiqdim. Men hech qanday video tarqatmaganman. Shaxsan o‘zim hech qayerga qo‘ymaganman. Va bu video (ijtimoiy tarmoqda tarqalgan – tahr.) Sochida tushirilgan. Videoni meni “sochingni 10 kundan beri yuvmaysan”, cho‘milish kiyimida tushganimiz uchun “ko‘kraging osilib ketibdi” deb g‘ururimga tegadigan gaplar bilan haqorat qilgani uchun hammomda sochimni yuvib ko‘rsatib, jo‘natgan videomni menga qarshi chiqarib yuborishgan. Kim va nima maqsadda chiqarib yuborganini bilmayman. 

Bundan oldingi rasmlar, birovni jalb qilish uchun emas, do‘konni reklama qilish uchun edi. Bizning shartnomamiz bor edi. O‘sha ich kiyimini reklama qilib berganim uchun menga pul bergan. Pul uchun mayli deb rasmga tushib berganman. Hozir u qiz ishlamayapti, tovar olib kelolmayapti, farzandli bo‘lgani uchun u ishini qila olmayapti. 

Moddiy yetishmovchilik oqibatida shu yo‘lga kirib ketganimdan juda ham pushaymonman. O‘zbek ayollariga xos bo‘lmagan yurish-turishimdan afsusdaman. Anchadan buyon bunaqa ish bilan shug‘ullanmayapman, bu haqda oldin ham aytganman. O‘zi janjal ham shuning oqibatida kelib chiqdi, odamlar meni bezovta qilyapti. Bu ish bilan shug‘ullanmayotganimni aytsam ham, odamlar meni bezovta qilayotgani uchun bu holatlar kelib chiqyapti. 

Men to‘g‘ri yashash tarziga o‘tganman, boshqa bunaqa harakatlar takrorlanmaydi, xalqdan uzr so‘rayman. Bu ishlardan pushaymonman, to‘g‘ri yo‘lga qaytdim, chunki qizim o‘n yoshga kirdi, hamma narsani tushunadi. Qizimning kelajagi uchun bu ishlarni yig‘ishtirganman, bundan keyin vaqtimni qizimning tarbiyasi bilan shug‘ullanishga sarflayman”, deydi “Asalhoney”. 

Toshkent shahar IIBB  Xotin-qizlar bo‘limi mas’ulining qayd etishicha, endilikda “Asalhoney” bilan doimiy ravishda profilaktik suhbatlar olib boriladi.  “Asalhoney” rasmiy ravishda ogohlantirilgan va bundan keyin shu kabi xatti-harakatlarni amalga oshirsa,  Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortiladi.

Suhbat so‘ngida “Asalhoney” – Asal Xo‘jayeva o‘zbek xalqiga xos bo‘lmagan xatti-harakatlari uchun yana bir bor uzr so‘ragan. 

Profilaktik suhbatdan chiqqan “Asalhoney” ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali O‘zbekiston xalqiga videomurojaat yo‘llab,  barchadan uzr so‘ragan. 

“Assalomu alaykum, O‘zbekiston xalqi, akalarim-singillarim chiqib ketgan behayo rasmlarim, videolarim uchun sizlardan uzr so‘rayman. Bundan buyon endi men hayotimni onamga, farzandimning tarbiyasiga bag‘ishladim. Qilgan ishlarimdan afsusdaman. Boshga menga yozmanglar, iltimos, meni bezovta qilmanglar. Men to‘g‘ri yo‘lga kirganman. Ayniqsa, bugun IIBda Xotin-qizlar bilan ishlash bilan bo‘limi xodimi Maqsuda opa men bilan profilaktik suhbat o‘tkazdi. Men qilgan ishlarim noto‘g‘ri ekanligini tushunib yetdim, iltimos, meni tinch qo‘yinglar, bezovata qilavermanglar. Meni kechiringlar”, deydi Asal Xo‘jayeva.


Maqola muallifi

Teglar

Asalxo'jaeva

Baholaganlar

1426

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar