Asaka tumani hokimi ishdan olindi

Jamiyat

image

Andijon viloyatining Asaka tumani hokimi ishdan bo‘shatildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning tegishli qaroriga asosan Asaka tumani hokimi  Bekzod Ummatov vazifasidan ozod etilgan. 

Ummatovning o‘rniga uning o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Nasibillo Mo‘minov Asaka tumani hokimi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlangan. 

Bekzod Ummatov 2022 yil oktyabr oyidan hozirga qadar Asaka tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Tumanning yangi hokimi Nasibillo Mo‘minov esa mehnat faoliyatini 2001 yilda Andijon qurilish texnikumining maxsus fan o‘qituvchisi vazifasidan boshlagan.

2003-2015 yillarda Andijon uy-joy va kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kollejida bo‘lim boshlig‘i, amaliyot ishlari bo‘yicha, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

2015-2017 yillar davomida Andijon qurilish va transport kasb-hunar kollejining direktori, 2017-2018 yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Andijon viloyati bo‘limi boshlig‘i, 2018-2019 yillar davomida esa Andijon viloyati hokimligi kasb-hunar boshqarmasi boshlig‘i vazifalarida faoliyat yuritgan. 

U mazkur tayinlovga qadar Asaka tumani hokimining o‘rinbosari vazifasida ishlayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon hokim Asaka Shuhrat Abdurahmonov Nasibillo Mo'minov Bekzod Ummatov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing