Bashar Asad O‘zbekistonga kelishini istardim – Erdo‘g‘an
Olam
−
16 Sentabr 2022
14346Erdo‘g‘an Suriya Prezidenti Samarqandga kelsa, Bashar Asad bilan SHHT sammiti doirasida uchrashishga tayyorligini aytdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Men Asadning O‘zbekistonga kelishini, u bilan uchrashishini istardim, lekin kela olmaydi. Suriya u tufayli va uning xatti-harakati tufayli bo‘linadi. U o‘z hokimiyatini himoya qilish uchun muxolifatga qarshi kurashdi. O‘zbekistonga kela olmasligi juda achinarli. Men u bilan uchrashib, yuziga bu gaplarni aytardim”, deya Erdo‘g‘anning avvalroq partiyadoshlari bilan uchrashuvda aytgan so‘zlarini keltiradi jurnalist.
Ma’lumot uchun, Samarqanddagi Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti arafasida Suriya Prezidenti Bashar Asad ham O‘zbekistonga kelishi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq keyinroq bu ma’lumotlar rasmiylar tomonidan rad etildi.
LiveBarchasi