Asad rejimi qulaydimi? Suriyada Prezident saylovlari sanasi belgilandi
Olam
−
19 aprel 2021
5514Suriya parlamenti prezident saylovlari kunini belgilab berdi. Bu haqda "Al-Ixbariya" telekanali xabar bergan.
Qayd etilishicha, mamlakat ichkarisida ovoz berish joriy yilning 26 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Xorijdagi suriyaliklar uchun saylovlar 20 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 7:00 dan 19:00 gacha diplomatik vakolatxonalar hududida bo‘lib o‘tadi.
Nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish 19 aprelda boshlanadi, saylovda ishtirok etish uchun arizalar 10 kun ichida topshirilishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, 2000 yil 17 iyuldan beri Bashar Asad Suriya Prezidenti hisoblanadi.
Konstitutsiyaga ko‘ra, davlat rahbari o‘z lavozimini ketma-ket yetti yil davomida egallashi mumkin.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar