Asad “kursi”sida qoladimi? Suriyada prezidentlik saylovi o‘tkazilmoqda

Olam

image
0:00
0:00
download

Suriyada bugun, 26 may kuni prezidentlik saylovlari boshlandi. Bu haqda SANA agentligi xabar bermoqda.  

Saylov uchastkalari ertalab soat 07:00 dan kechki soat 19:00 gacha ochiq bo‘ladi. Amaldagi Prezident Bashar Asad, Sotsialistik Ittifoqchi partiyaning sobiq deputati Abdulla Sallum Abdulla va ichki muxolifat vakili Mahmud Ahmed Muray Suriya Arab Respublikasi rahbari lavozimiga da’vogarlik qilmoqda. 

Suriya konstitutsiyasiga muvofiq, parlament saylov kampaniyasi boshlanganidan keyin 10 kun ichida nomzodlarning arizalarini qabul qildi. Kampaniyada kamida 35 nafar deputat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan fuqarolargina ishtirok etishi mumkin. Suriya Xalq Kengashi 250 a’zodan iborat. 

Bashar Asad otasi — Suriyaning sobiq Prezidenti Hafiz Asad 2000 yilda vafot etgandan buyon mamlakatga rahbarlik qilib keladi.

Ma’lumot o‘rnida, Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya, Fransiya va Italiya Tashqi ishlar vazirlari xalqaro hamjamiyatni Suriyada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarini tan olmaslikka chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya saylov

Baholaganlar

106

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing