“Arsenal” Vinisiusni sotib olishga ishonadi – OAV

Sport

image

Londonning “Arsenal” klubi kiyinish xonasida (klubning ichki muhitida) jamoaning “Real Madrid” vingeri Vinisius Junior bilan shartnoma imzolashi mumkinligiga ishonchi yuqori. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Arsenal” sport direktori Andrea Berta jamoadagi ko‘plab insonlarga, jumladan, futbolchilarga ham ehtimoliy transferning amalga oshishiga ishonayotganini bildirgan. Bosh murabbiy Mikel Arteta esa Vinisiusga o‘z loyihasida unga qanday o‘rin ajratishini tushuntirgan. Aytilishicha, agar braziliyalik futbolchi “Real Madrid”ni tark etishga qaror qilsa, “Arsenal”ni munosib variantlardan biri deb hisoblaydi. Madrid klubi ham londonliklarning Vinisiusga bo‘lgan jiddiy qiziqishidan xabardor.

Qayd etilishicha, “Real Madrid” rahbariyati Vinisius bilan shartnomani faqat o‘z shartlari asosida uzaytirishga tayyor. Klub futbolchiga hech bir o‘yinchi jamoa manfaatlaridan ustun tura olmasligi haqida aniq pozitsiyasini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real Madrid” Vinisiusga “uning jamoa va loyiha uchun ahamiyatini aks ettiruvchi” yaxshilangan shartnoma taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing