“Arsenal” Vinisius bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi

Sport

image

Angliyaning “Arsenal” klubi Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi hujumchisi Vinisius Junior bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda “Football365” portali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, London klubi yaqin kunlarda “Real Madrid”ga futbolchini transfer qilish bo‘yicha rasmiy taklif yuboradi. Biroq taklif summasi hozircha oshkor etilmagan.

Avvalroq, “The Telegraph” nashri “Arsenal” Vinisiusga klub tarixidagi eng yuqori maoshni taklif qilishga tayyorligi haqida xabar bergan edi.

Ta’kidlanishicha, unga “Real Madrid”da olayotgan maoshidan ham ko‘proq haq to‘lash rejalashtirilgan. Ayni paytda braziliyalik futbolchining haftalik maoshi 400 ming funt sterlingni tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli Vinisius 2018 yilning yozida “Real Madrid”ga o‘tgan va klub bilan 2026-2027 yilgi mavsum yakuniga qadar amal qiladigan shartnoma imzolagan. U “Real” safida barcha musobaqalarda 375 ta uchrashuvda maydonga tushib, 128 ta gol urgan va 100 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing