“Arsenal”ning standart vaziyatlar bo‘yicha murabbiyi katta daromad oldi
Sport
−
30 may 1450 2 daqiqa
“Arsenal”ning standart vaziyatlar bo‘yicha murabbiy Nikolas Yoverning burchak va jarima zarbalaridan urgan har bir goli uchun 10 000 funt sterling bonus va jami 34 ta gol evaziga 340 000 funt sterling ishlab oldi. Bu haqda “Footballinsider” nashri xabar berdi.
Ma’lumotlariga ko‘ra, Yoverning shartnomasida qiziqarli bonus tizimi mavjud. Unga ko‘ra, “Arsenal” standart vaziyatlar — burchak to‘plari va jarima zarbalari orqali har bir urilgan gol uchun 10 ming funt sterling miqdorida unga mukofot to‘lanadi.
Mavsum davomida “Arsenal” standart vaziyatlardan foydalanish samaradorligi bo‘yicha Angliya Premer-ligasining eng yaxshi jamoalaridan biri bo‘ldi. Jamoa ligada standart vaziyatlardan jami 25 ta gol urdi. Shulardan 19 tasi burchak to‘plaridan keyin kiritilgan.
Barcha musobaqalarni hisobga olganda esa “to‘pchilar” mavsum davomida standart vaziyatlardan 34 ta gol urdi. Natijada Yover 340 ming funt sterling miqdorida bonus ishlab oldi.
Standart vaziyatlardagi yuqori samaradorlik “Arsenal”ning bir qator muhim uchrashuvlarda g‘alaba qozonishiga yordam berdi. Ko‘plab bahslarda aynan shunday gollar jamoaga qimmatli ochkolar keltirdi.
Klub rahbariyati murabbiyning ishidan mamnun ekani aytilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, “Arsenal” yaqin vaqt ichida Nikolas Yover bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda.
Londonliklar standart vaziyatlar bo‘yicha o‘zining asosiy mutaxassisini saqlab qolish va jamoaning hujum salohiyatini yanada oshirishni maqsad qilgan.

Live
Barchasi