“Arsenal”ning sobiq futbolchisi tarmoqlarda yangi klub qidirmoqda

Sport

image

Angliyalik yarim himoyachi, “Arsenal”ning sobiq futbolchisi Ovi Ejariya ijtimoiy tarmoqlar orqali yangi klub qidirmoqda. Bu haqda futbolchi o‘zining X tarmog‘ida yozib qoldirdi.

Joriy yilning 1 iyul kuni “Ovedo” bilan shartnomasi yakuniga yetgach, erkin agentga aylangan Ejariya ijtimoiy tarmoqda quyidagi xabarni qoldirdi:

“Hozirda erkin agentman va faoliyatimni davom ettirish uchun mos variant qidiryapman”.

28 yoshli futbolchi o‘zining avvalgi klubi, maydondagi pozitsiyalari, asosan markaziy va chap qanot yarim himoyasida o‘ynashi haqida ma’lumot bergan.

“Agar sizda biror taklif bo‘lsa yoki yarim himoyachi yoki chap qanot futbolchisiga muhtoj klubni bilsangiz, iltimos, menga shaxsiy xabar orqali murojaat qiling”, deb yozdi Ejariya.

Ejariya “Arsenal” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2014 yilga qadar londonliklar akademiyasida shug‘ullangan va keyin “Liverpul” akademiyasiga o‘tgan. Yarim himoyachi Premer-ligadagi debyutini 2016-2017 yilgi mavsumda “Liverpul” safida “Uotford”ga qarshi uchrashuvda o‘tkazgan. U jamoa tarkibida jami ikki marta maydonga tushgan. Ejariya, shuningdek, “Sanderlend”, “Reynjers” va “Riding” klublarida ham to‘p surgan.

Ma’lumot uchun, futbolchi 2025-2026 yilgi mavsumni “Ovedo”da o‘tkazdi. U La Ligada atigi sakkizta uchrashuvda maydonga tushdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing