“Arsenal” MYU futbolchisini sotib olmoqchi

Sport

image

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Donni Van De Bek qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Chunki u mankunianliklar tarkibida o‘yin amaliyotiga ega emasligidan norozi.

Niderlandiyalik futborlchi faoliyatini Londonning “Arsenal” klubida davom ettirish variantini ko‘rib chiqmoqchi. “Kanonirlar” Donniga qiziqish bildirgan va u hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib borishga tayyor. Van De Bek allaqachon “Qizil iblislar” rahbariyatidan ushbu transferga yordam berishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 noyabr kuni “Manchester Yunayted” mehmonda “Uotford”ga qarshi bahs olib bordi va 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Birinchi bo‘limda ikkita to‘p farqi bilan ortda qolayotgan Sulsher ikkinchi taym avvalida Donnini maydonga tushirdi. U 4 daqiqadan so‘ng gol urib, hisobni qisqartirdi. Biroq jamoa sardori Garri Maguayrning qizil kartochkasi o‘yin taqdirini hal qildi.

Ma’lumot uchun, Van De Bek 2020 yilning yozida “Manchester Yunayted” bilan besh yillik shartnoma imzolagan edi. Uning transfer narxi 25 million yevroga baholangan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Niderlandiya Man Yunayted Donni Van De Bek

Baholaganlar

9

Reyting

2.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing