“Arsenal” Milanda “Inter”ni mag‘lub etdi

Sport

image

Kecha, 20 yanvar kuni Milanda UEFA Chempionlar ligasining yettinchi turi doirasidagi markaziy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Londonning “Arsenal” jamoasi Milaning “Inter” klubini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvning o‘ninchi daqiqasidayoq Gabriel Jezus hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay, 18-daqiqada Petar Suchich tenglashtiruvchi gol muallifiga aylandi. 31-daqiqaga kelib esa Jezus yana bir bor londonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi 2:1.

Ikkinchi bo‘limning 84-daqiqasida Bukayo Sakaning uzatmasidan so‘ng Viktor Gyokeresh jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi. O‘yin yakuniga qadar ushbu natija saqlanib qoldi.

Shuningdek, mazkur tur doirasida “Manchester Siti” Norvegiyaning “Budyo/Glimt” klubi maydoniga safar qildi. Abduqodir Husanov to‘liq o‘ynagan ushbu bahsda inglizlar 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.

Shu tariqa, “Arsenal” Chempionlar ligasidagi ochkolari sonini 21 taga yetkazib, turnir jadvalida yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi. “Inter” esa 12 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinda joylashgan.

Navbatdagi turda londonliklar o‘z maydonida Qozog‘istonning “Qayrat” klubini qabul qiladi. “Inter” esa safarda Dortmundning “Borussiya” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.


Maqola muallifi

Teglar

Chempionlar ligasi “Arsenal” “Inter”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing