“Armanistonga hujumning oqibati yomon bo‘ladi”. YeI Ozarbayjonni ogohlantirdi
Olam
−
14 noyabr 2023
8346Yevropa Ittifoqi Ozarbayjonni Armanistonning hududiy yaxlitligi va suverenitetining har qanday buzilishi qabul qilinmasligi va bu “og‘ir oqibatlarga” olib kelishidan ogohlantiradi. Bu haqda YeI diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel kecha, 13 noyabr kuni Bryusseldagi YeI kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
"Biz Armanistonni ichki va tashqi beqarorlashtirishga qaratilgan har qanday urinishlarga qarshi juda hushyor bo‘lishimiz kerak. Va bizning Ozarbayjonga xabarimiz aniq: Armaniston suvereniteti va hududiy yaxlitligining har qanday holatda buzilishini qabul qilib bo‘lmaydi. Bunday harakatlar o‘zaro munosabatlarda og‘ir oqibatlarga olib keladi", degan Borrel.
Shuningdek, u Yevropa Ittifoqida Armanistonga Yevropa tinchlik jamg‘armasi doirasida harbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatini ko‘rib chiqilayotganini ta’kidlagan.
LiveBarchasi