Armanistonda Pashinyanga qarshi miting bo‘ldi. 130 dan ortiq namoyishchi hibsga olindi (video)
Olam
−
13 may
2900Armaniston muxolifati tarafdorlari mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilib, Yerevan ko‘chalarini to‘sib qo‘yishga kirishdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.
Qayd etilishicha, odamlar ko‘chalarni skameykalar va axlat qutilari bilan to‘sib qo‘ygan, namoyishlar sodir bo‘lgan joyga politsiya yetib kelgan, hibsga olinganlar ham kuzatilmoqda.
Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati Armaniston politsiyasi allaqachon 130 dan ortiq namoyishchini hibsga olganini xabar qildi.
“Mahalliy vaqt bilan soat 10:40 holatiga ko‘ra, Yerevanda ko‘chalarni to‘sayotgan 134 kishi qo‘lga olindi”, deyiladi rasmiy xabarda.
Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ular politsiyaning qonuniy talablariga bo‘ysunmagan. Hibsga olish vaqtida politsiya nafaqat qoidabuzarlarga, balki jurnalistlarga ham kuch ishlatgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq ham Yerevan markazidagi maydonda 20 mingdan ortiq odam mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyan iste’fosini talab qilib, miting o‘tkazgandi.
LiveBarchasi