Armanistonda Pashinyan yana Bosh vazir etib saylanmadi. Parlament tarqatib yuborildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Armaniston parlamenti kecha, 10 may kuni bo‘lib o‘tgan maxsus yig‘ilishda ikkinchi marta Vazirlar Mahkamasi rahbari vazifasini bajaruvchi Nikol Pashinyanni Respublikaning Bosh vaziri lavozimiga saylamadi. Natijada parlament tarqatib yuborildi. Bu haqda RBK xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bir parlamentariy Pashinyan nomzodini yoqlagan, 76 kishi ovoz berishda betaraf qolgan.

Pashinyan o‘z nutqida bugungi maxsus yig‘ilishning maqsadi Bosh vazirni saylash emas, balki muddatidan oldin parlament saylovlarini o‘tkazish uchun zarur tartib-qoidalarga rioya qilish ekanini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Armaniston Konstitutsiyasining 149-moddasiga muvofiq, agar parlament Bosh vazirni ketma-ket ikki marta saylamasa, parlament qonun bilan tarqatib yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, 25 aprel kuni Pashinyan iste’foga chiqishini, ammo saylovgacha Bosh vazir vazifasini bajarishini e’lon qilgandi.

Joriy yilning 3 may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda ham Pashinyan Bosh vazir lavozimiga saylanmagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

92

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing