Armaniston yana Tog‘li Qorabog‘da o‘q uzdi. Ozarbayjon askari yaralangan

Olam

image

Rossiya harbiylari vaqtincha joylashgan Ozarbayjon hududidagi noqonuniy Armaniston qurolli otryadlari Ozarbayjon armiyasining Ag‘dam viloyati Aliagali qishlog‘i yo‘nalishida joylashgan qismlariga qarata o‘q uzdi. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabarida qayd etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea kecha, 6 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:50 da sodir bo‘lgan. Otishma oqibatida Ozarbayjon qurolli kuchlarining harbiy xizmatchisi yaralangan.

“Otishma oqibatida yo‘lni obodonlashtirish ishlarida ishtirok etgan Ozarbayjon armiyasining harbiy xizmatchisi, ofitser Sakit Ahliman o‘g‘li Dadashov jarohat oldi. Yaradorlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi va u harbiy kasalxonaga ko‘chirildi”, deyiladi xabarda.

Matbuot xizmati ushbu hodisani o‘rganish uchun mintaqada joylashgan Rossiya kontingenti qo‘mondonligi va Turkiya-Rossiya qo‘shma kuzatuv markaziga voqea to‘g‘risida ma’lumot berilganini qo‘shimcha qildi.

Ma’lumot o‘rnida, Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro 2020 yil sentyabr oyi oxirida avj oldi va mintaqada faol janglar boshlandi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan 2020 yilning 9 noyabr kuni Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarning to‘liq to‘xtatilishi to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzoladi. Hujjatga ko‘ra, Ozarbayjon va Armaniston tomonlari egallab olgan pozitsiyalarida to‘xtadi, bir qator mintaqalar Baku nazorati ostiga o‘tdi. Rossiya tinchlikparvar kuchlari aloqa liniyasi va Lochin yo‘lagi bo‘ylab joylashtirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

171

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing