Armaniston yana Ozarbayjonni o‘qqa tutdi
Olam
−
14 iyul 2023 3839 1 daqiqa
Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston tomonidan Ozarbayjon qo‘shinlari pozitsiyalarining navbatdagi o‘qqa tutilishi haqida xabar berdi.
“13 iyul kuni soat 22:35da Naxchivan Muxtor Respublikasining Sadarak viloyati yo‘nalishida Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalariga qarama-qarshi pozitsiyalarda joylashgan Armaniston Qurolli kuchlarining bo‘linmalari tomonidan o‘q uzilgan”, deyiladi vazirlik xabarida.
Bundan tashqari, 14 iyul kuni soat 01:10 da Rossiya harbiylari vaqtincha joylashgan Ozarbayjon hududidagi noqonuniy arman qurolli tuzilmalari Ozarbayjon Qurolli kuchlarining Xo‘jayli viloyati yo‘nalishidagi pozitsiyalarini o‘qqa tutgan.
Ozarbayjon armiyasi bo‘linmalari ushbu hududlarning barchasida javob choralarini ko‘rgani aytilmoqda.