Armaniston va Ozarbayjon chegarada harbiy asirlarni almashdi
Olam
−
14 dekabr 2023
3205Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi Gazax viloyatida asirga olingan harbiylar almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Ozarbayjon davlat agentligi xabar berdi.
Ozarbayjon ikki nafar ozarbayjonlik harbiy xizmatchi evaziga 32 nafar harbiy xizmatchini Armaniston tomoniga topshirdi.
“Almashishdan oldin Qizil Xoch vakillari mahbuslarning ahvolini tekshirib, qoniqarli ekanini tasdiqladi. Ayirboshlash vaqtida hech qanday hodisa qayd etilmadi. Ayirboshlash o‘zaro ishonch chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida amalga oshirildi”, deyiladi xabarda.
Armanistonga qaytarilgan 32 askar 2020 yil dekabr oyida Tog‘li Qorabog‘ning Hadrut viloyati va Armaniston-Ozarbayjon chegarasining turli uchastkalarida qo‘lga olingan.
Ikki ozarbayjon askari – Husayn Oxundov va Agshin Babirov joriy yilning aprel oyidan beri asirlikda.
Tomonlar o‘rtasidagi avvalgi almashinuv 7 dekabr kuni bo‘lib o‘tgandi. Keyin Ozarbayjon ham ikki ozarbayjonlik harbiy xizmatchi evaziga 32 nafar arman harbiylarini ozod qildi. Tomonlar munosabatlarni tartibga solish va tinchlik shartnomasini tuzishga tayyor ekanini e’lon qildi va harbiy asirlarni almashishni ishonchni mustahkamlash uchun qadam deb atashdi.
LiveBarchasi