Armaniston Turkiya mahsulotlari savdosini butunlay taqiqlamoqchi

Olam

image

Armaniston Hukumati mamlakatga turk tovarlarini olib kirish bo‘yicha amaldagi taqiqni uzaytirish hamda ularni sotishni taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda mamlakat Iqtisodiyot vaziri vazifasini bajaruvchi Vagan Kerobyan ma’lum qilgan.

"Biz Turkiyadan tovarlarni olib kirishga qo‘yilgan taqiq muddatini uzaytiramiz. Shuningdek, Armanistonda turk mollarini qachon olib kelinganligidan qat’iy nazar sotishni taqiqlaymiz, chunki noqonuniy import davom etayotgani to‘g‘risida dalillar mavjud", degan Kerobyan.

Cheklovlarning muddati ko‘rsatilmagan.

Ma’lumot o‘rnida, Armanistonda 2020 yil dekabrda Turkiya mahsulotlarini olib kirishga olti oylik taqiq joriy etilgandi. Qaror joriy yilning 1 yanvaridan kuchga kirgandi. Hukumat ushbu qaror qabul qilinishini Turkiyaning Tog‘li Qorabog‘ mojarosiga aralashuvi bilan izohlagandi.

Armaniston Hukumati Tog‘li Qorabog‘dagi mojaroda Turkiyaning bevosita ishtirok etganini iddao qilib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

104

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing