Armaniston Prezidenti mamlakati endi Rossiyaning “ukasi” emasligini aytdi
Olam
−
12 Sentabr 7147 2 daqiqa
Armaniston Prezidenti Vaagn Xachaturyan Rossiya endi Armanistonni “kichik uka” sifatida qabul qilmayotganini va mamlakatlar o‘rtasida sheriklik aloqalari o‘rnatilganini aytdi. Bu haqda Vaagn Xachaturyan RTVI telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Hozir Rossiya bilan munosabatlar butunlay boshqacha – sheriklik munosabatlari. Rossiyaning Armanistonga munosabati katta akaning kichik ukasigadek emas, shunchaki sheriklik munosabatlari. Biz so‘nggi to‘rt yil davomida haqiqatda shunga intilayotgan edik”, dedi u.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Yerevan “rossiyalik hamkasblari Armaniston rasmiylarining mustaqil qarorlarini hisobga olishini” istaydi.
Bundan tashqari, siyosatchi Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchukning respublika Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida tanlov qilish zarurligini aytgan bayonotiga izoh berdi. Xachaturyanning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston ko‘p tarmoqli iqtisodiyotga ega.
“Siz Overchukdan bu nimani anglatishini so‘rashingiz kerak. Hech bo‘lmaganda, bizga hozir hech kim aytmayapti va biz hech narsani buzmayapmiz. YeOII bilan bo‘lgan shartlar bor – biz shu sharoitda ishlayapmiz. Iqtisodiy ma’noda Yevropa Ittifoqi bilan mavjud bo‘lgan shartlar ham bor – biz shunday ishlayapmiz. Hech bo‘lmaganda, hozircha hech qanday muammo chiqmagan”, dedi u.
Shu bilan birga, u Armaniston rasmiylarining harakatlari mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish konsepsiyasiga to‘liq mos kelishiga ishontirdi.
4 aprel kuni Armaniston Prezidenti Vaagn Xachaturyan respublikaning Yevropa Ittifoqiga kirish jarayoni boshlanishi haqidagi qonunni imzoladi. Avvalroq Bosh vazir Nikol Pashinyan bu Yerevanning hamjamiyatga qo‘shilish jarayoni avtomatik tarzda boshlanishini anglatmasligini, chunki bu masala referendum o‘tkazishni talab qilishini ta’kidlagan edi.
Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchukning ta’kidlashicha, Rossiya bu harakatlarni respublikaning YeOIIdan chiqishining boshlanishi deb hisoblaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, YeIga qo‘shilish mamlakatning YeOIIga a’zoligiga mos kelmaydi. Shu bilan birga, Armaniston Iqtisodiyot vaziri Gevorg Papoyan Yerevan YeOIIdan chiqish niyatida emasligini da’vo qildi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr