Armaniston Ozarbayjonga qarshi hududiy da’volaridan voz kechishi kerak – Baku

Olam

image

Baku yana bir bor Armaniston hukumatini Ozarbayjonga nisbatan hududiy da’volaridan voz kechishga chaqirdi. Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Oyxon Hojizoda tegishli bayonot bilan chiqdi.

Hojizoda Nikol Pashinyanning bayonotlari mintaqa voqeligini manipulyatsiya qilishga qaratilgan navbatdagi urinish ekanligini ta’kidlagan.

TIV matbuot kotibi Ozarbayjon xalqaro tan olingan hududlarda Armanistonning har qanday noqonuniy xatti-harakatlarining oldini olishga suveren huquqqa ega ekanligini ma’lum qilgan.

Hojizoda yana bir qancha strategik tepaliklar, asosiy va yordamchi yo‘llar, shuningdek, Lochin viloyatining Jagazur va Zabuh qishloqlari o‘rtasidagi keng chegara hududlari Baku nazoratiga o‘tkazilishi bo‘yicha Armaniston tomonining salbiy munosabatini noaniq deb baholagan.

Eslatib o‘tamiz, Armaniston Tashqi ishlar vazirligi Ozarbayjon o‘zining tajovuzkor so‘zlari va harakatlari bilan (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘ armanlariga qarshi genotsidga, Armanistonga qarshi yangi tajovuzga tayyorlanayotgani bo‘yicha bayonot bilan chiqqan edi.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev joriy yilning 18 mart kuni Navro‘z bayrami munosabati bilan Ozarbayjon xalqiga Terter tumani Talish qishlog‘idan qilgan Murojaatnomasida Armaniston yana Ozarbayjonga qarshi hududiy da’volarni davom ettirayotganini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing