Armaniston Ozarbayjon pozitsiyalarini o‘qqa tutdi
Olam
−
29 avgust
5258Kecha, 28 avgust kuni Naxchivon Muxtor Respublikasi hududidagi Ozarbayjon Qurolli kuchlari pozitsiyalari Armaniston tomonidan o‘qqa tutildi. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 28 avgust kuni taxminan soat 06:45 da Armaniston Qurolli kuchlari bo‘linmalari Arazdeyen aholi punkti yo‘nalishida joylashgan pozitsiyalardan Ozarbayjon armiyasining Naxchivon Muxtor Respublikasi Sadarak tumani Haydarobod shaharchasidagi pozitsiyasini o‘qqa tutgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shu kuni soat 18:30 da Armaniston Qurolli Kuchlari bo‘linmalari Sultonbey aholi punkti yo‘nalishida joylashgan o‘z pozitsiyalaridan Shada aholi punkti yo‘nalishida Ozarbayjon qo‘shinlarining pozitsiyalariga o‘q uzgan. Naxchivon Muxtor Respublikasining Shohbuz tumani ham qisman hujumga uchragani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 avgust kuni ham Armaniston Naxchivon hududini o‘qqa tutgani aytilgandi.
Zebo Turobjonova
LiveBarchasi