Armaniston-Ozarbayjon chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish boshlandi – Pashinyan
Olam
−
19 mart
3801Armaniston va Ozarbayjon chegarasini demarkatsiya va delimitatsiya qilish jarayoni amaliy bosqichga kirmoqda. Bu haqda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ma’lum qildi.
“Demarkatsiya va delimitatsiya Armaniston Respublikasi misolida nimani anglatadi? Bu Armaniston Respublikasi boshlanadigan joyni borib, topishni anglatadi. Hammamiz bilamiz, u qayerda boshlanib, qayerda tugashini mendan ham yaxshi bilasiz”, degan Pashinyan Ozarbayjon bilan chegaradosh Tavush viloyati aholisi bilan uchrashuvda.
Bosh vazirning tushuntirishicha, demarkatsiya jarayonida maxsus komissiyalar “Armaniston Respublikasi qayerdan boshlanishini hal qilishi kerak va bu davlat chegarasiga aylanishi kerak”. Uning ta’kidlashicha, Armaniston hukumati "urushning oldini olish" uchun bu jarayonni boshlashga qaror qilgan.
Voskepar maktabining harbiy instruktori Nver Beglaryanning ma’lum qilishicha, Voskepar, Baganis va Voskevan qishloqlari hamda Noyemberyan shahri aholisi mintaqadagi aholi punktlari Ozarbayjonga o‘tgan taqdirda, yo‘llarni to‘sib qo‘yish va o‘zini himoya qilishni tashkil etishga tayyor ekanini bildirgan.
Yerevan va Baku tinchlik shartnomasini imzolash ustida ishlamoqda. Fevral oyida Pashinyan Germaniya kansleri Olaf Shols vositachiligida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashib, chegara delimitatsiyasini muhokama qilgan va tinchlik kelishuvi ustida ishlashni davom ettirishga kelishib olgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ozarbayjon Armanistondan Tavush viloyatidagi sakkizta “bosib olingan” qishloqni ozod qilishni talab qilgan edi. Baku Yerevan o‘ziniki deb hisoblagan 31 qishloqni bosib olgani haqidagi da’volarni ham rad etdi.
LiveBarchasi