Armaniston Ozarbayjon harbiylarining pozitsiyalarini yana o‘qqa tutdi

Olam

image

Kecha, 21 avgust kuni Ozarbayjon armiyasining Lochin viloyati va Naxichevan avtonom respublikasidagi pozitsiyasi o‘qqa tutildi. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlik bayonotiga ko‘ra, Armaniston hududidan turli kalibrli qurollardan Naxichevan avtonom respublikasidagi Sadarak viloyatining Qoraog‘och va Lochin viloyatining Minkend aholi punktlari yo‘nalishida o‘q otish amalga oshirilgan. Ozarbayjon armiyasi bo‘linmalari ushbu hududlarda tegishli javob choralarini ko‘rgan.

Shu bilan birga, noqonuniy arman qurolli tuzilmalari a’zolari Tarter, Xo‘jayli va Ag‘dam viloyatlari yo‘nalishida joylashgan Ozarbayjon qo‘shinlari pozitsiyalari oldida doimiy istehkomlar o‘rnatishga harakat qilgan.

Ozarbayjon armiyasi bo‘linmalari tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida ularning ishi darhol to‘xtatilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 avgust kuni mintaqada patrullik qilayotgan Yevropa Ittifoqi kuzatuvchilari va ularning mashinasi o‘qqa tutilgandi. Yerevan mazkur harakatda Ozarbayjon harbiylarini aybladi. Rasmiy Baku esa buni rad etdi. YeI missiyasi esa xodimlariga qarata o‘t ochilganini tasdiqladi, biroq qaysi tomondan o‘q uzilganiga aniqlik kiritmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing