Armaniston Qorabog‘ masalasini kelajakka qoldirishga tayyor – Pashinyan

Olam

image

Armaniston rasmiylari Rossiyaning Tog‘li Qorabog‘ maqomi muhokamasini kelajakka qoldirish taklifiga rozi. Bu haqda bugun, 2 noyabr kuni parlamentda respublika Bosh vaziri Nikol Pashinyan ma’lum qildi.

“Bilasizmi, bizning rossiyalik hamkasblarimiz Tog‘li Qorabog‘ maqomi masalasini noma’lum muddatga qoldirish to‘g‘ri bo‘lardi, degan edi. Bu hozirgi paytda hamma uchun maqbul bo‘lgan maqomni topishning ob’ektiv imkonsizligi bilan oqlanadi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston nuqtai nazari ushbu pozitsiyaga to‘liq va 100 foiz mos keladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 oktyabr kuni Sochida  Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Armaniston va Ozarbayjon kuch ishlatishdan va uni qo‘llash bilan tahdid qilishdan tiyilishga kelishib olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

66

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing