Armaniston harbiylari yana Ozarbayjon tomonga o‘q uzdi
Olam
−
11 fevral 2022 4276 1 daqiqa
Bugun, 11 fevral kuni Armaniston Qurolli kuchlari bo‘linmalari respublikaning Kalbajar viloyati Zyaylik qishlog‘ida joylashgan Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini o‘qqa tutdi. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, soat 08:50 dan 09:00 gacha Armanistonning Basargechar viloyati Yuqori Shorja aholi punktidagi pozitsiyalardan hech qanday sababsiz o‘qqa tutilgan.
Ozarbayjon Qurolli kuchlari bo‘linmalarining javob harakatlari natijasida dushman bostirilgan.
Ozarbayjon armiyasining shaxsiy tarkibi va texnikasi orasida yo‘qotishlar yo‘q.
Hozirda bu yo‘nalishda vaziyat barqaror, operativ vaziyat Ozarbayjon Qurolli kuchlari bo‘linmalari nazoratida ekani aytilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025