Arman harbiylari Ozarbayjon pozitsiyalariga 40 marta o‘q uzdi

Olam

image

Kecha, 7 aprel kuni Armaniston harbiy bo‘linmalari Ozarbayjon pozitsiyalariga 40 martadan ortiq  o‘t ochdi. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mahalliy vaqt bilan soat 17:15 lar atrofida Armaniston Qurolli kuchlari bo‘linmalari Pashali tumanining Sultonbey aholi punkti yo‘nalishidagi o‘z pozitsiyalaridan Naxchivan Muxtor Respublikasidagi Shahbuz tumanining Shada aholi punkti yo‘nalishida Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini o‘qqa tutgan.

Bayonotga ko‘ra, Armaniston Qurolli kuchlari bo‘linmalari 6 aprel kuni ham 18:30 dan 22:05 gacha Chambarak, Basarkechar va Gorus viloyatlarining Jil, Guneshli va Xo‘znavar aholi punktlari yo‘nalishlarida joylashgan o‘z pozitsiyalaridan Ozarbayjonning Gadabey, Qalbajar va Lochin tumanlarining Eyriveng, Jamilli va Hojilar aholi punktlari yo‘nalishlaridagi pozitsiyalariga turli kalibrli o‘qotar qurollardan  jami 16 marta o‘t ochgan.

O‘z navbatida, Armaniston Mudofaa vazirligi Bakuning bayonotini rad etdi va uni dezinformatsiya tarqatishda aybladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 fevral kuni Qorabog‘da otishma sodir bo‘lgan edi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ozarbayjon Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing