Arxitektura-qurilish instituti mansabdori pora bilan qo‘lga tushdi 

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga o‘qishga kiritishni va’da qilib, 5000 AQSH dollari olgan institut bo‘lim boshlig‘i qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, IIBga fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. Arizada u jiyani S.ni o‘qishga kirishi uchun hujjat topshirish tartibi bilan tanishib yurgan vaqtida, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti sirtqi bo‘lim boshlig‘i bilan tanishib qolgani, ushbu shaxs unga jiyanini dizayn fakultetiga o‘qishga joylashtirib qo‘yishini aytib, evaziga 5 000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni talab qilganini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlarini so‘ragan.

Arizaga asosan, kecha, 1 iyul kuni Samarqand viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va Davlat xavfsizligi xizmati viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. 

Tadbir davomida institutning sirtqi bo‘lim boshlig‘i X.V. ariza muallifidan talab qilgan 5 000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

224

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing