“Arqadag‘” yangi unvon bilan siylandi

Olam

image

Turkmanistonning sobiq Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov “Arqadag‘” unvoni bilan bir qatorda, endi “Turkman xalqining milliy lideri” deb ham ataladi. Unga bu unvon joriy yilning 21 yanvar kuni Ashxobodda o‘tkazilgan Turkmaniston parlamentining ikki palatasi – Xalq Maslahati (yuqori palata) va Majlis (quyi palata)ning jamoatchilik vakillari ishtirokidagi qo‘shma majlisida parlament a’zolari tomonidan berilgan.

Ushbu unvon unga qanday huquq va vakolatlar berishi hozircha aniq emas.

Majlisda mamlakat parlamenti yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Vakillar palatasi (Xalq Maslahati)ni tugatib, qonun chiqaruvchi organ (Milliy Kengash)ni bir palatali parlament majlisi qilib, qayta tashkil etishni taklif qilgan. Shu boisdan endilikda mamlakatda xalq hokimiyatining oliy organi Xalq Kengashi deb ataladi. Uni sobiq prezident Gurbanguli Berdimuhamedov boshqaradi.

Ma’lumot uchun, Turkmanistonda 2021 yilning 12 mart kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li Sardor Berdimuhamedov 72,97 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Gurbanguli Berdimuhamedov Prezident o‘laroq, mamlakatni 2007 yildan 2021 yilgacha boshqardi. U lavozimidan ketganidan keyin Turkmaniston Xalq Maslahati Milliy Kengashi raisi lavozimini egalladi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing