“Arqadag‘” Turkmaniston tarixida ilk bor Olimpiada medalini yutgan sportchini qanday rag‘batlantirdi?

Olam

image

Bugun, 23 avgust kuni mustaqil Turkmaniston tarixidagi birinchi Olimpiada sovrindori Polina Gureva Prezident sovg‘alarini qabul qildi.

Hukumat Matbuot xizmatiga ko‘ra, Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov sportchi qizni uch xonali hashamatli kvartira, 50 ming AQSH dollari, 2021 yilda ishlab chiqarilgan Lexus 570 Sport Plus rusumli avtomobil bilan taqdirlagan.

Ma’lumot o‘rnida, Turkmaniston davlat jismoniy tarbiya va sport institutining 21 yoshli talabasi 14 mamlakat vakillari ishtirok etgan 59 kilogramm vazn toifasida og‘ir atletika musobaqalarida kumush medalni qo‘lga kiritgan.

Bosh vazir o‘rinbosari, mamlakatda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Serdar Berdimuhammedov taqdirlash marosimining tantanali qismini ochar ekan, Turkmaniston Prezidentining tabrigini o‘qib eshittirdi. Unda mamlakat rahbari terma jamoa a’zolarini Olimpiadadagi birinchi medal bilan tabriklagan. 

“Ushbu muntazam, mashaqqatli mashg‘ulotlar, buyuk iroda va vatanga bo‘lgan katta muhabbat ramziga aylangan ajoyib voqelik baxtli sportchilar, ilhomlangan yoshlar va butun xalq orasida cheksiz g‘urur tuyg‘usini uyg‘otdi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2995

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing